2017 yilda Sardoba suv omborining yetti yillik qurilishi yakunlandi, uning asosida baliqchilik, qishloq xo’jaligi komplekslari va kichik gidroelektrostantsiyalar qurilishi rejalashtirildi.

Uch yildan so’ng, 1 may kuni ertalab soat 5: 55da to’g’onning oltinchi piket devori sinadi, va yangiliklar saytlarida «suv oqishi» deb nomlanadi. Ushbu «oqish» tufayli 70 ming kishi evakuatsiya qilindi, 56 kishi jarohatlangan, ikki kishi halok bo’ldi.

Suv toshgan hududlarda chorvachilik, ekinlar va fermerlarning mol-mulki zarar ko’rdi — zarar miqdori ma’lum emas. To’g’onning o’zi bevosita zarar ko’rdi — zararning hajmi noma’lum. Yo’llar, shu jumladan M-39 trassasi buzilgan — zararning hajmi noma’lum. Sel yurdi va qo’shni Qozog’istonda minglab odamlar evakuatsiya qilindi — yetkazilgan zarar miqdori noma’lum. Undan tashqari, qozoq rasmiysining gapiga ko’ra, O’zbekiston tomoni vaziyatni nazorat ostiga olganini va oqova suvlar darajasi pasayganini aytganini ta’kidladi.

Suv omborning qurilishida bir nechta kompaniyalar, shu jumladan «O’zbekgidroenergo» rahbari o’g’lining “TO’PALANG” kompaniyasi ishtirok etgan. Ushbu davlat tashkilotining sharhlari savollar tug’diradi:

«O’zbekgidroenergo» nima uchun fotosuratlar va videolarni olish va voqealar joylarida reportajlar tayyorlash kerakligini tushunmayapti;

«O’zbekgidroenergo» suv omborni noto’g’ri qurilgani degan ayblashlovlarni tushunmayapti, chunki «agar u yomon qurilgan bo’lsa, unda nega u darrov qulamadi» va faqat ob-havoni ayblamoqda.

Shu bilan birga, suv omborning o’ziga qanday zarar yetkazilganini bilmaymiz — ochiq ommaga taqdim etilgan fotosuratlar yo’q. Bundan tashqari, ombor to’g’risida texnik ma’lumot yo’q, na suv xo’jaligi vazirligining veb-saytida (u yerda umuman ma’lumot kam), na Qurilish vazirligi veb-saytida, ya’ni ombor haqida hech narsa bilmaymiz.

Madaniyatli davlatlarda, bunday baxtsiz hodisalardan so’ng, minglab zarar ko’rganlar yetkazilgan zararni qoplash uchun katta miqdordagi da’vo arizasini berishadi (chorva mollari, ekinlar, uylar, mebellar, jihozlar zarar ko’rdi). Biz O’zbekistonda sud faoliyatiga oid qonuniy da’volarni ko’ramizmi? Bundan tashqari, Qozog’istonning da’volari yetkazilgan zararni qoplash uchun adolatli bo’ladi (deyarli million dollarga baholangan).

Bu so’nggi yillarda mamlakatda ro’y bergan bu eng katta ofat — lakmus qog’ozi bo’lib, bu O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy yoki deklarativ ekanligini aniq ko’rsatib beradi.

Tegishli tekshiruv o’tkaziladimi? Tergov paytida jinoiy ishlar yuzaga keladimi ( ular paydo bo’lishi kerakligiga aminman)? Ularning kotiblari emas, balki qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar jazolanadimi (ishdan bo’shatish, jarimalar va qamoqqa olishlar)? Jabrlangan dehqonlarga zarar to’liq qoplanadimi? To’lov jarayonida qancha pul o’g’irlanadi?

Men, shubhasiz, ushbu savollarga qoniqarsiz javoblarni kutyapman, ammo fikrim xato bo’lsa, mamnun bo’laman.

Yanada ko’proq muhim va qiziqarli nashrlar BlackRaven telegram-kanalida