«… Men ba’zan tanishlarimdan eshitaman:» Men terapiya ichishni xohlamayman, qo’rqaman.» Bunga javob beraman: «Agar xohlasang qabristonga boramiz? Men senga ekskursiya o’tkazaman. » Balki kimdir o’ylanib qolar.»

Bu gaplarni aytgan ayolning ikkala eri OITSdan o’z vaqtida davolanmaganligi sababli vafot etgan. Aytgancha, uning o’zi va bolalari ham OIV bilan kasallangan.

JSSTning qaroriga binoan, may oyining har uchinchi yakshanbasida (bu yil bu kun 17-mayga tushdi), 1983 yildan boshlab butunjahon OITS dardidan halok bo’lganlarni xotirlash kuni hisoblanadi.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilga qadar dunyoda OITSdan 32 milliondan ko’proq o’lim qayd etilgan va taxminan 38 million kishi OIV bilan yashaydi.

Ammo, OITS-dissidentlari deb ataladigan bir guruh odamlar bor. Ular OIV va OITSni kasallik deb tan olmaydilar, ularning mavjudligini inkor etadilar va OIV/OITSni massonlarning fitnasi deb ataydilar. Bundan tashqari, ular OIVga chalingan odamlarni terapiyadan voz kechishga undaydilar.

“OIV mening hayotimni tubdan o’zgartirdi. U mening karyeramni, orzularimni olib qo’ydi va erim bilan munosabatlarimni buzdi. Undan keyin men OIVga chalingan boshqa erkak bilan uchrashib yurdim, ammo o’sha paytda tibbiyot menga sog’lom bolani dunyoga keltirishimga imkon bera olmas edi va bunday tashxis bilan farzand asrab olish imkonsiz edi. Natijada, farzandl ko’ra olmadim, buni judayam hohlagan bo’lsam ham. Bularning barchasi juda og’ir tajriba”.

Bu 30 yil oldin qonida OIV topilgan Sheri Lyuusning so’zlari. U uchun bu tashxis bir jumboq edi, chunki 90-yillarda ushbu kasallikni qanday davolash kerakligini hech kim yaxshi tushunmas edi.

Bugungi kunda OIV endi jumboq emas. Uni davolash va eng muhimi uni qabul qilish bilan, nafaqat OITSning oldini olish, balki infeksiya bo’lgan taqdirda ham normal hayot kechirish mumkindir. Odamlarning OIVdan to’liq xalos bo’lish tarixida hatto ikkita holat mavjud.

Kerakli terapiya va profilaktika choralari yordamida OIVga chalingan ayolning sog’lom bola tug’ishi ehtimoli 99% ni tashkil qiladi. Faqatgina to’rtta suyuqlik tarkibida zaxarlanish uchun OIVning yetarli konsentratsiyasi mavjud: qonda, spermada, vaginal oqindida va ko’krak sutida.

OITSdan o’lim sababi har doim ham dori-darmonlar yoki ular uchun pul yetishmasligida emas. Psixologik omil ham mavjud. Ushbu tashxis endi kam uchraydigan kasallik bo’lmasa ham, odamlar jamiyat tarafidan qoralanishidan qo’rqib, oilasini, do’stlarini, ishini yo’qotishdan qo’rqib, OIV holatlarini yashiradilar.

Biz birimiz OIVga chalingan odamlarni qo’llab-quvvatlashimiz mumkin: psixologik yordam bilan, bag’rikenglik xattoki terapiyaga yozilishga ko’ndirish yo’li bilan. Ehtimol, shu tariqa OITS qurbonlari kamroq bo’lar.

Muallif: Odilbek Bekkulbekov
Illyustrasiyalar: Cinnamon.Smell maxsus BlackRaven uchun

Yanada ko’priq muhim va qiziarli nashrlar BlackRaven telegram-kanalida