22-may kuni davlat xizmati to’g’risida qonun loyihasi e’lon qilindi, va albatta men, qanchalik hohlamasam ham, ushbu habarni haqida to’xtalib gapirmastan o’tolmayman.

Darhol, qonunning boshida, «Davlat fuqarolik xizmati to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir» degan jumla bilan o’quvchilarga tupurishmoqda. Men darhol qayd etaman, qonunda bunday jumlalar juda ko’p.
Masalan:

• …alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solindi;
• …qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
• …qonunchilikga muvofiq;
• …qonunchilikda belgilangan tartibda;
• …unga nisbatan tegishli choralarni qo’llashga;
• …belgilangan tartibda;
• …qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortilishga asos bo’ladi;
• …qo’shimcha talablar belgilanishi mumkin va hokazo.

Ushbu qonun prezidentga, senatorlarga, barcha darajadagi deputatlarga, Markaziy saylov komissiyasi a’zolariga (??) , ombudsmanga (??), sudyalarga (??) va hokimlarga (??), shuningdek (de-fakto) bosh vazirga, Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni ta’zolariga taalluqli emas. Albatta, davlat harbiy xizmati ham ushbu qonunga bo’ysunmaydi.

Bundan tashqari, ushbu qonun «har yili o’zining daromadlar, mol-mulk va albatta miqdordagi xarajatlat to’g’risidagi, shuningdek oila a’zolarining daromadlar, mol-mulk va katta miqdordagi xarajatlari to’g’risidagi deklarasiyani taqdim qilishga» qaror qilmoqda.

Va nihoyat, deklaratsiya so’zi yangradi, lekin erta quvonishga hojat yo’q — deklaratsiya ochiq ma’lumot sifatida e’lon qilinmadi, shu bilan «ma’lumotlarni oshkor etishda yoki deklarasiyada keltirilgan ma’lumotlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishda aybdor deb topilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar». Ya’ni, ommaviy axborot vositalari davlat xizmatchilarining deklaratsiyalari asosida tahlillar va tekshiruvlar o’tkaza olmaydilar (agar ular hatto ularni olishga muvaffaq bo’lsalar ham). Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ushbu qonun qo’llanmaydigan hokimlar, sudyalar, vazirlar, prezident va boshqalar printsipial jihatdan deklaratsiyani taqdim etmasliklari mumkin.

24-modda: davlat xizmatiga kirish jarayoni ochiq mustaqil tanlov asosida davlat lavozimiga nomzodni tayinlash yo’li bilan amalga oshiriladi. 26-modda bo’yicha davlat xizmatchilarini xizmatga qabul qilish jarayoni faqat elektron ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ajoyib.

Shu bilan birga, “oliy o’quv yurtlarida davlat granti asosida bilim olgan shaxslar, o’qishni tugatgandan so’ng, ommaviy tarqatish yo’li bilan davlat lavozimlariga tayinlanadi”. Hatto mamlakatda oliy ta’limning sifati, ya’ni bitiruvchilarning bilim darajasini hisobga olmasak ham, bu hamma uchun adolatsizdir. Bundan tashqari, endi oliy o’quv yurtlar zimmasiga qo’shimcha korrupsiya yuki tushadi. Bechoralar, xudo sabr bersin.

35-moddada davlat xizmatchilarining samaradorligini baholash uchun noaniq tizimni joriy emoqda, 36-moddada esa rag’batning bir turi sifatida «qimmatbaho sovg’a yoki diplom bilan mukofotlash» ni belgilaydi. Sovg’a qanchalik qimmatli bo’lishi mumkinligi aniq aytilmagan, bu esa barcha Andijon hokimlarning qo’llarini ochib yuborishi aniq.

Shuningdek, davlat xizmatchisini javobgarlikka tortish uchun jiddiy asoslardan biri deb, xizmatchi ishlayotgan davlat organiga zarar yetkazishi belgilangan. Albatta, qanday zarar yetkazilishi haqida aytilmagan.

Va nihoyat, 69-modda. Agar davlat xizmatchisi rahbarining noqonuniy buyrug’i, yo’riqnomasi yoki boshqa qarorini bajarganligi sababli davlat organiga, tashkilotiga, jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar etkazishga majbur bo’lsa va shu bilan birga yuqori rahbarni xabardor qilish talabi bajarilsa, xizmatchi javobgarlikdan ozod qilinadi

Yanada ko’priq muhim va qiziarli nashrlar BlackRaven telegram-kanalida