Prezidentning 26 maydagi farmoniga binoan mamlakatning barcha hududlarida ko’chma sirk va hayvonot bog’larini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Meni hayratga soladigan narsa, madaniyatni ko’tarish niqobi ostida hokimiyat hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni rag’batlantirgan holda zo’ravonlikga berilishni davom ettirmoqda.

Urishmi? Urishadilar… ular temir tayoqlar, tayoqlarning burchaklari, novdalar, mixlar bilan, xipchinlar, ilgaklar, qamchilar bilan uradilar. Hayvonlarni terilarini yirtishadi, barmoqlarini va bosh suyaklarini sindirishadilar, tishlarni qoqib, oyoq panjalarini qamchilaydilar.

Sirklar joydan joyga ko’chganda, hayvonot bog’larida tashilganda jonzodlar do’zaxda qiynalgandek qiynalishadi. Kichik qafaslar, ochlik, sovuq yoki issiqlik, g’ayritabiiy tuproq yoki ko’pincha uning yo’qligi.

Prezident hayvonlarga shunday munosabatni qonuniylashtirgan ekan, jamiyatda zo’ravonlik va shafqatsizlik madaniyati yanada rivojlanib boraveradi.

Agar itni so’yish mumkin bo’lsa, ayollarga nisbatan zo’ravonlikning oldini olish mumkinmi? Agar delfinlar yuzlarida tabassum bo’lsa, bolalarga nisbatan zo’ravonlikning oldini olish mumkinmi? Fillar kichik qafaslarda o’tirgan bo’lsa, LGBT odamlariga qarshi zo’ravonlikning oldini olish mumkinmi? Agar maymun barmoqlarini sindirish imkoniyati mamlakatning har bir viloyatida majburiy bo’lib qolsa, koloniyalarda qiynoqlarning oldini olish mumkinmi?

Yanada ko’priq muhim va qiziarli nashrlar BlackRaven telegram-kanalida